Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Yuk va pochta tashish boʻyicha xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
samolet

“Uzbekistan airways” AJ yuk va pochta tashish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatadi.

Yuklarni joʻnatish.

Yuridik shaxslarga:

Yuridik shaxslar yuk joʻnatish uchun joʻnatish aeroporti bilan yukka ishlov berish toʻgʻrisida shartnoma tuzishlari (2 nusxada tipovoy shartnoma va Guvohnoma nusxasi), “Aviayuk xatini toʻldirish boʻyicha yuk joʻnatuvchining yoʻriqnomasi” va “Yoʻriqnomaga ilova”ni toʻldirishlari kerak.

Jismoniy shaxslar:

Jismoniy shaxslar yuk joʻnatayorganida faqatgina yuk joʻnatuvchining yoʻriqnomasi va yoʻriqnomaga ilova toʻldiriladi

aeroflot

Yukni olish:

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining omboridan yuk olish uchun yuk oluvchi aeroportning pochta-yuk tashuvlari xizmatiga murojaat qilishi zarur.

Yuridik shaxslarda Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti bilan yukka ishlov berish toʻgʻrisida shartnoma, yuk oluvchining pasporti, tashkilotdan ishonchnoma boʻlishi kerak.

Jismoniy shaxslarda shaxsiy pasporti boʻlishi kerak.

 

Maxsus toifadagi yuklar:

Maxsus toifadagi yuklarni (xavfli, qimmatbaho yuklar, inson jasadi yoki hoki solingan tobut yoki quti va hokazo) joʻnatish boʻyicha ma’lumotlar olish uchun quyidagi telefonlar orqali murojaat qilishingiz mumkin:

+ 998 78 140-20-93,
+ 998 78 140-28-25

 

Bogʻlanish uchun ma’lumotlar:

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportidan yukni joʻnatish uchun Siz pochta-yuk tashuvlari xizmatiga quyidagi manzil boʻyicha murojaat qilishingiz zarur:

Pochta – yuk tashuvlari xizmati (PYTXT)

Manzili: Toshkent sh. Qumariq koʻchasi, 13

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining pochta-yuk tashuvlari xizmati bronlash boʻlimi: +998 78 140-28-25,

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining pochta-yuk tashuvlari xizmati ma’lumotlar berish boʻlimi: +998 78 140-28-26

Elektron manzil: sopgp@uzbairports.uz.

Ish tartibi: har kuni soat 8-00 dan 20-00 gacha

Ma’lum toifadagi yuklarni joʻnatish boʻyicha zarur hujjatlar roʻyxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin:

Aviayuk xatini toʻldirish boʻyicha yuk joʻnatuvchining yoʻriqnomasiga ilova Aviayuk xatini toʻldirish boʻyicha yuk joʻnatuvchining yoʻriqnomasi Yuk joʻnatuvchining yoʻriqnomasiga ilova Aviayuk xatini toʻldirish boʻyicha yuk joʻnatuvchining yoʻriqnomasi Aviayuk xatini toʻldirish boʻyicha yuk joʻnatuvchining yoʻriqnomasini toʻldirish boʻyicha qoʻllanma Shaxsiy buyumlar Tirik jonivorlar Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari Oddiy yuk