Axborot tizimlari bo‘limi mutaxassisi
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Работодатель:
Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.
Bo‘linma: “Uzbekistan Airways Sales” filiali Elektron tijoratni rivojlantirish boshqarmasi.
Stavka: 1,00.
Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.
Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.
Bandlik shakli: to‘liq bandlik.
Ish rejimi: to‘liq ish kuni.
- Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi.
- Tugallangan oliy ma’lumot: axborot texnologiyalari mutaxassisliklari bo‘yicha.
- Lavozim vazifalarini bajarishga yetarli darajada o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
- Elektron biznes tizimlarini tashkil etish va ishlash tamoyillarini, shuningdek elektron tijorat tizimlari tasnifini bilish va qo‘llash.
- Bilim sohasini tizimli qo‘llash vositalariga ega bo‘lish, standart dasturiy ta’minotdan foydalangan holda odatiy ofis axborot oqimlarini avtomatlashtirish, axborot qidirish tizimlaridan foydalanish.
- Tashkiliy tuzilmada elektron tijoratda biznes jarayonlaridan foydalanish bo‘yicha tarmoq texnologiyalarini qo‘llash sohasida tegishli bilimlarga ega bo‘lish.
- Korporativ internet portallar topologiyasi va internet saytlar tuzilishidan foydalana olish.
- Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, shuningdek:
- Elektron tijorat axborot tizimlarining bron qilish va sotishning avtomatlashtirilgan tizimlari, yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish va jo‘natishini boshqarish (ES8), shuningdek, “Uzbekistan Airways” AJning loyal avtomatlashtirilgan tizimi bilan to‘g‘ri ishlashini ta’minlash.
- Axborot tizimlarining (keyingi o‘rinlarda AT deb yuritiladi) ishlashini ta’minlash.
- Avtomatlashtirilgan Internet tizimlari bilan o‘zaro aloqasini ta’minlash.
- Yuborilgan va qabul qilingan ma’lumotlarning ma’lumotlar bazalari va ma’lumotlar omborlarida saqlanishi va qayta ishlashini ta’minlash.
- CMS tizimini qo‘llab-quvvatlash;
- Aviakompaniyaning integratsiyalashgan axborot texnologiyalari tizimlarini ishlatish va rivojlantirish bo‘yicha tegishli bo‘limlar bilan texnik muvofiqligini ta’minlash.
- Tashqi tizimlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lish uchun kompleksga texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish va tashqi AT ET va o‘zining ichki AT laridan foydalanishda axborotni qayta ishlashning avtomatlashtirilmagan bosqichlarini bartaraf etish.
- Veb-xizmatlardan foydalanuvchi mijozlarga texnik yordam ko‘rsatish.
- Axborot resurslarini texnologik qo‘llab-quvvatlash, texnik xizmat ko‘rsatish va rivojlantirishni ta’minlash.
- “Uzbekistan Airways” AJning elektron tijorat faoliyatidan tizim resurslari, tizimdan foydalanish muddati, daromadlarini prognozlash va moliyaviy xarajatlarini optimallashtirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishda rejalashtirish funksiyalarini amalga oshirish.
- Va b.
- Rasmiy ishga joylashish.
- 5 kunlik ish haftasi, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
- O‘z vaqtida, barqaror ish haqi.
- Sinov muddati: 3 oy.
Asosiy ko‘nikmalar:
- O‘zbek tili – C1 – ilg‘or daraja
- Rus tili – C1 – Ilg‘or daraja
- Ingliz tili – B2 – o‘rtacha-ilg‘or daraja
- Elektron tijorat
- Tarmoqlar topologiyasi
- Biznesning axborot texnologiyalari
- CMS-tizimlar
- Axborot resurslari
- Axborot oqimlarini tahlil qilish
Rezyume ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron manzilga yuborilsin: