Marketing va tijoratni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassisi
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Работодатель:
Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.
Bo‘linma: Marketing va tashuvlarni sotish departamenti (MvTSD)
Stavka: 1,00.
Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.
Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.
Bandlik shakli: to‘liq bandlik.
Ish rejimi: to‘liq ish kuni.
Talablari:
- Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi.
- Tugallangan oliy ma’lumot: iqtisodiyot va/yoki marketing va/yoki biznes-tahlil va/yoki moliyaviy tahlil va/yoki biznes va tadbirkorlik mutaxassisliklari bo‘yicha.
- Lavozim vazifalarini bajarishga yetarli darajada o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
- Shaxsiy kompyuterdan bemalol foydalanish darajasiga ega bo‘lish.
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini, “Uzbekistan Airways” AJ me’yoriy hujjatlarini, shuningdek “Uzbekistan Airways” AJ tashkiliy faoliyatiga oid boshqa hujjatlarni bilish.
- Biznes yuritish va tadbirkorlik asoslarini bilish.
- Muntazam reyslar uchun xarajatlar smetasini, parvozlar tannarxini va ularning o‘tgan davrdagi amaldagi samaradorligini hisoblashni bilish.
- Ushbu sohada kamida 3 yillik tajribaga ega nomzodlarga afzallik beriladi.
- Ingliz tilini bilishi to‘g‘risidagi sertifikat – ma’qullanadi.
- Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, shuningdek:
- Aviatashuvlar bozorida muntazam marketing tadqiqotlarini o‘tkazish uchun zarur ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish;
- Havo transportida tashish faoliyatini yaxshilashga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish bilan muayyan hudud, yo‘nalishdagi havo va/yoki yer usti transporti bozorini tahlil qilish;
- Boshqa aviakorxonalar faoliyatini o‘rganish va “Uzbekistan Airways” AJ raqobatbardoshligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
- Kerakli materiallarni to‘plang va havo transporti bozorining to‘liq tahlilini tayyorlash;
- Samarasiz aviatashuvlar yo‘nalishlarini aniqlash;
- “Uzbekistan Airways” AJning xorijdagi vakolatxonalari bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularga amaliy yordam ko‘rsatish;
- Xorijdagi vakolatxonalarga tijorat yukini oshirish masalalari bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish;
- Boshqarma vakolatlari doirasida Marketing va tashuvlarni sotish departamenti tomonidan taklif etilayotgan mahsulotlarni ilgari surish uchun marketing strategiyasini ishlab chiqish;
- Doimiy ravishda bozor konyunkturasini o‘rganish;
- Aviakompaniya mahsulotlari va xizmatlarining tijorat samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va taqdim etish.
- Muntazam reyslarni rejalashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
- Belgilangan vazifalarni hal qilishning sifat darajasini doimiy ravishda oshirishni ta’minlash.
- Va b.
- Rasmiy ishga joylashish.
- 5 kunlik ish haftasi, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
- O‘z vaqtida, barqaror ish haqi.
- Sinov muddati: 3 oy.
- O‘zbek tili – C2 – mukammal daraja
- Rus tili – C2 – mukammal daraja
- Ingliz tili – C1 – ilg‘or daraja
- Tijorat tahlili
- Bozor tahlili
- Biznes-tahlil
- Xarajatlar smetasi
- Ishbilarmonlik aloqalari
- Marketing izlanishlari
Rezyume ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron manzilga yuborilsin: