Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Mustaqillik – buyuk va bebaho ne’mat

30

O‘zbekiston Respublikasining asosiy milliy bayrami - Mustaqillik kunidir. Ushbu milliy bayram do‘stlik, xayriya va har tomonlama hurmatga tayangan xalqimizing barcha orzularini namoyon etadigan bayramdir.

Mustaqillik har kuni, har soat fikr yuritiladigan, har dam shukur qilinadigan qadri-sharafi, bardavomligi ko‘z qorachig‘iday avaylab asraladigan bebaho ne’matdir. Mustaqillik sharofati bilan biz o‘z tariximizni, kelib chiqish ildizlarimizni o‘rganib bu yorug‘ olamda kim ekanligimizni, kimlarni davomchilari ekanligimizni anglay boshladik. Zero, har bir millat o‘zining ruhiy-e’tiqodiy ildizlaridan uzilsa, inqirozga uchrashi tabiiy holdir. Davlatimiz ana shu nozik tuyg‘uni chuqur his etib, mustaqillikning ilk kunlaridanoq xalqning ma’rifati va ma’naviyatini yuksaltirishga katta ahamiyat berdi.
Hurriyat bergan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish va bu buyuk ne’matlarning shukronasini qilib, qadriga yetib yashash hamda mustaqilligimizni yanada mustahkamlashga munosib hissa qo‘shish barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir. Mustaqilligimiz – oliy saodatimizdir.

Barchamiz uchun tabarruk bo‘lgan uch so‘z bor: —Imon, Vatan va Istiqlol. Bu so‘zlarning mazmun mohiyatini bugun har birimiz yurakdan his etib turibmiz.

Imon – Buyuk Alloh va Rasuliga ishonish, Uning rahmat va mag‘firatidan umidvor bo‘lish va Uning amr-farmonlariga itoatda bo‘lish demakdir.

Vatan – bu muqaddas zamin, buyuk ajdodlarimiz yurti va kelajak avlodlarimiz iftixoridir. Uni avaylab-asrash, uning bag‘rida ertangi kunga umid bilan yashash, imon va muhabbat tayanchidir.

Istiqlol – Allohning ulug‘ ne’matlaridan bo‘lib, u hayotimiz mazmuni, g‘urur va iftixorimiz timsoli va ifodasiga aylangan.

Dunyoda turli manfaatpar, g‘oyalar kurashi avj olgan bugungi murakkab bir davrda vatanimizni ko‘z qorachig‘idek asrash, uning tinchligini saqlash, ravnaqi yo‘lida astoydil mehnat qilish har birimimzning muqaddas burchimizdir. Zero, vatanimiz bizning g‘ururimiz, faxrimiz, hayotimiz mazmunidir.
Kundan kunga yuksalib, taraqqiy etib borayotgan ozod va obod Vatanimizni bugun dunyo tanimoqda, tan olmoqda. Turli sohalarda Vatanimiz erishayotgan yutuqlar yurtdoshlarimizning hamjihatligi, xalqimizning bunyodkorlik borasidagi mehnatlari, Yurtboshimizning olib borayotgan odilona siyosati mahsulidir. Ayniqsa, yurtimimzda yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar haqida har qancha gapirsak kamlik qiladi. Yoshlarimiz ta’lim, sport, san’at, qo‘yingki, barcha sohalarda erishayotgan yuksak marralar ana shu e’tibor va g‘amxo‘rlikning samarasidir. Bugun bir qo‘lida beshikni, bir qo‘lida dunyoni tebratayotgan ayollarning hayotdan shod yuz-ko‘zlariga qarab, zamonaviy ta’lim tarbiya maskanlarida voyaga yetayotgan baxtli avlodga qarab O‘zbekiston kelajagi buyukligiga yana bir bor ishonch hosil qilasan, kishi.

Bugungacha bo‘lgan yo‘lni osonlikcha bosib o‘tmadik. Ming-ming mashaqqatlar sinovidan, davrning og‘ir zahmatlaridan matonat, ezgu maqsad sari olg‘a intilish, yuksak ishonch bilan tik o‘ta olgan mardona yurtda yashamoq, unga munosib bo‘lmoq har birimizning oliy burchimiz bo‘lmog‘i shart! Kechagi kun bilan bugunning orasida juda katta tafovut bor. Yaqin tarixda kimningdir izmidan chiqolmay, o‘z tilini, o‘zligini, haqligini isbot etmoqqa-da ojiz ko‘ngillar bugun sof millat tili – o‘zbek tilida baralla va erkin suhbatlashayotgani, hatto jahon minbarlarida turib so‘zlayotgani yurakni cheksiz faxrga to‘ldiradi.

Hurriyatparvar ajdodlarimizning asriy orzusini, xalqimizning tenglar ichra teng bo‘lish huquqini yuzaga chiqargan, milliy o‘zligimiz, qaddimiz va qadrimizni tiklagan, mamlakatimiz tinchligi va taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini ta’minlayotgan, biz yoshlar kelajagiga mustahkam zamin yaratayotgan aziz va mukarram – Mustaqilligimiz bardavom bo‘lsin!