Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Maxkamov Ilxam Rustamovich

O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri

Tug‘ilgan yili: 1979-y.24.04

Tug‘ilgan joyi: Toshkent shahri

Ma’lumoti: oliy

Tamomlagan:

2001-y. Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti (kunduzgi)

2003-y. Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti (magistratura)

2007-y. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi

Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa):

2021-y. “Sodiq xizmatlari uchun” medal

2021-y. “O‘zbekison Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni

 

MEHNAT FAOLIYATI

 

1997-2003 yy. - Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti talabasi

1998-2004 yy. - Toshkent shahri hokimligi Binolardan foydalanish departamenti hisobga olish bo‘limining bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i

2004-2005 yy. - “Suvsoz” davlat unitar korxonasi bosh texnologi o‘rinbosari

2005-2005 yy. - “Suvsoz” davlat unitar korxonasining Shahar suv tarmoqlari boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari

2005-2005 yy. - “Suvsoz” davlat unitar korxonasining Mirzo Ulug‘bek tumani suv tarmoqlaridan foydalanish sexi bosh muhandisi

2005-2007 yy. - “Suvsoz” davlat unitar korxonasi Uchtepa tumani suv tarmoqlaridan foydalanish sexi boshlig‘i

2007-2008 yy. - “Suvsoz” davlat unitar korxonasi qoshidagi “Toshkent suv ta’minoti” sho‘’ba korxonasi direktori

2008-2009 yy. - “Suvsoz” davlat unitar korxonasi boshqaruvchisining suv taqsimoti bo‘yicha  o‘rinbosari

2009-2012 yy. - “Suvsoz” davlat unitar korxonasi boshqaruvchisining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, bosh muhandisi

2012-2014 yy. - “Suvsoz” davlat unitar korxonasining boshqaruvchisi

2014-2016 yy. - Toshkent shahri Hududiy kommunal foydalanish birlashmasi bosh direktori

2016-2016 yy. - “O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktorining o‘rinbosari

2016-2017 yy. - “O‘zkommunxizmat” agentligining bosh direktori

2017-2019 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri

2019-2021 yy. - O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining birinchi o‘rinbosari, transport vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi, Transport vaziri vazifasini bajaruvchisi

2021-y. – h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri