Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Mangulikka dahldor vatanparvarlar

BotuBotu (1904-1938)

Botu (Mahmud Hodiyev) 1904-yil 15-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Rus-tuzem maktabi (1914—17), Moskva davlat universitetining iktisod fakultetida o‘kigan (1921—27). «Umid uchqunlari» (1925) va «To‘lqin tovushlari» (1929) to‘plamlari nashr etilgan. «Yangi qishloq» (1928), «Hoshimjon», «Hayit xarom bo‘ldi», «Tursun» (1929), shuningdek, bolalarga bag‘ishlangan hikoyalari («Bolalar yolg‘oni», «Mening kitobim» va boshqa)da yangi ijtimoiy munosabatlar hamda bolalar dunyosi ruhiyati tasvirlangan. Yosh shoir 1930-yili qamoqqa olinib, Solovki orollariga surgun qilingan. 1938-yil 9-mayda  Moskvada xalq dushmani sifatida noxaq ayblanib, otib tashlangan.

HIJRON TO‘LQINI

Butun kechada xayolga cho‘mib,
Yoniq ruhimni qayg‘uga ko‘mib,
Hijron o‘tida o‘rtanib, kuyib,
Go‘zal malakni eslamaqdaman.

Biz yashayturgan bu tubanlarga,
Nur sochib turgan oy, yulduzlarga,
Yurak dardlarin so‘zlamakdaman,
Go‘zal quyoshni eslamakdaman.

Ko‘kragim o‘tli, yuragim dardli,
Ruhim qayg‘uli, ko‘zlarim yoshli,
Boyaqish ko‘nglim chin muhabbatli,
Go‘zal chechakni eslamakdaman.

Menim parishtam bunday tunlarda
Eslarmikan hech men yo‘qsilni-da?