Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Bugun O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan kun

gerb

1992-yil 2-iyul kuni “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir. Bugun ushbu muqaddas ramzni kattayu kichik birdek qadrlaydi. Unda jonajon O‘zbekistonimizning tom maʼnodagi asl tasvirini ko‘radi. Gerbimizga har bir hamyurtimiz alohida ehtirom bilan munosabatda bo‘lishi mamlakatimizda ezgu qadriyatga aylangan. Ushbu sanaga bag‘ishlab telemarafon, Davlat gerbining ahamiyati, uni ulug‘lashga qaratilgan interfaol madaniy-maʼrifiy tadbirlar, fleshmoblar, anjumanlar o‘tkaziladi. Bularning barchasi Davlat gerbining ahamiyatini yosh avlod ongiga yanada mustahkam singdirish, ularni ulug‘ ajdodlarimizga munosib, yurtparvar insonlar etib kamolga yetkazishdek maqsadlarga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir.