Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Avgust oyining uchinchi yakshanbasi - O‘zbekiston Respublikasi Havo floti kuni

aug

Bu barcha aviatorlar – uchuvchilar, samolyotlarga va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi, aviatsiya sohasi uchun kadrlarni tayyorlovchi, shuningdek O‘zbekiston aviatsiyasi barcha tizimlari va xizmatlarining uzluksiz ishlashi hamda parvoz xavfsizligini ta’minlovchi xodimlarning kasb bayramidir.

O‘zbekiston havo floti bugungi kunda iqtisodiyotning eng muhim sohalaridan biri bo‘lib, mamlakatimiz mustaqilligining ramzidir. Zamonaviy avialaynerlar, aerovokzallar, yangi texnologiyalar, parvoz xavfsizligining yuqori darajasi, e’tirof va mukofotlar - bularning barchasi bugungi kunda O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasining jahon sahnasidagi ishonchliligi va barqarorligining tasdig‘idir.

Mamlakatimizda bu sohada olib borilayotgan islohotlar  “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi faoliyati samaradorligi va iqtisodiy o‘sishiga, uning raqobatbardoshligi oshishiga hamda parvozlar xavfsizligining yuqori darajada ta’minlanishiga xizmat qiladi. Aviakompaniya jamoasi o‘z xizmatlarini xalqaro aviatsiya bozorida munosib taqdim etish va O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasining tarix zarvaraqlarini yangi yutuqlar bilan bezash yo‘lida faol ish olib bormoqda. Bir so‘z bilan aytganda, Respublikamiz fuqaro aviatsiyasini rivojlanishning yangi bosqichi kutmoqda. Soha mutaxassislarining yuksak mahorati va yillar davomidagi fidokorona mehnati mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasining jahon miqyosida yanada yuqori maqomga erishishini ta’minlashi shubhasiz.