Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Abdulla Qodiriy (1894-1938)

Mangulikka dahldor vatanparvarlar

qodiriyAbdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. XX asr yangi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi. 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. Musulmon maktabida (1904—06), rus-tuzem maktabida (1908-12), Abulqosim shayx madrasasida (1916—17) ta’lim olgan; Moskvadagi adabiyot kursida (1925—26) o‘qigan. Eski shahar oziqa qo‘mitasining sarkotibi (1918), «Oziq ishlari» gazetasining muharriri (1919), Kasabalar sho‘rosining sarkotibi (1920), «Mushtum» jurnali tashkilotchilaridan va tahrir hay’ati a’zosi (1923—26). «To‘y», «Ahvolimiz», «Millatimga», «Fikr aylagil» kabi she’rlari, «Baxtsiz kuyov» dramasi, «Juvonboz» hikoyasi yozuvchining dastlabki asarlaridir (1914-15). «Uloqda» hikoyasi (1916), «Kalvak Maxzumning xotira daftaridan», «Toshpo‘lat tajang nima deydir?» (1920) kabi satirik hikoyalar muallifi.«O‘tgan kunlar» (1924-26), «Mehrobdan chayon» (1929) romanlari, «Obid ketmon» (1934) qissasi yozuvchining ulkan mahoratini o‘zida mujassam etgan. Abdulla Shunosiyning «Fizika» (1928), N. V. Gogolning «Uylanish» (1935), A. P. Chexovning «Olchazor» (1936) asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Abdulla Qodiriy 1926 yilda «Mushtum»da bosilgan «Yig‘indi gaplar» maqolasi tufayli qisqa muddat qamalgan. 1937-yilning 31-dekabrida esa «xalq dushmani» sifatida ikkinchi bor qamoqqa olinib, 1938-yil 4-oktyabrda Toshkent shahrida otib tashlangan.Uning asarlari 1956- yildan boshlab oqlangan. Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati (1991), «Mustaqillik» ordeni bilai mukofotlangan (1994).