Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Abbos al-Javhariy (IX asr)

Biz buyuk davlat, buyuk tarix, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz

Xalifa al-Ma’mun davrida Bag‘dod va Damashqda faoliyat ko‘rsatgan yirik astronom va matematiklardan biri — al-Abbos ibn Sa’id al-Javhariy aslida Forob shahri (hozirda Gavhartepa)da dunyoga kelgan. Uning hayoti va faoliyati haqida manbalarda aniq ma’lumotlar saqlanmagan. Al-Javhariyning 830-yillar atrofida Ma’mun akademiyasidagi astronomik kuzatishlarda ishtirok etganligi inobatga olinib, uni IX asrning birinchi yarmida yashab o‘tgan degan xulosaga kelingan.

bd

O‘rta asr Sharq xalqlari fani va madaniyati tarixiga oid ilk bibliografik asar «Kitab al-Fixrist»ning muallifi Ibn an-Nadim yunon olimi Yevklidning «Negizlar» («al-Usul») nomli kitobi haqida gapirar ekan, unga yozilgan sharhlardan birini al-Javhariy bitgan, deb ma’lumot beradi.

Al-Javhariyning faoliyati haqidagi asosiy ma’lumotlar Ibn al-Qiftiyning mashhur «Olimlarni hakimlar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish» («Ixbar al-ulama bi axbar al-hukama») kitobida saqlanib qolgan. Unda shunday deyiladi: «Al-Abbos ibn Sa’id al-Javhariy munajjim bo‘lib, u astronomiya va astronomik hisoblarda mohir mutaxassis hisoblangan. Shu bilan birga u astronomik jihozlardan foydalanishda ham noyob iste’dod sohibidir: U xalifa al-Ma’munga hamroh bo‘lgan va al-Ma’mun uni Bog‘dodda ash-Shamosiya mintaqasidagi tajriba ishlariga mas’ul olimlar bilan astronomik kuzatishlarni olib borishga undadi. Al-Javhariy ba’zi sayyoralar, Quyosh va Oyning o‘rnini aniqlagan. Natijada ushbu soha axllari orasida mashhur bo‘lgan o‘z zijini yarata oldi. Uning o‘zi va hamkasblari — Sanad ibn Ali, Xolid ibn Abd al-Malik al-Marvarrudiy, Yahyo ibn Abu Mansurlar musulmon dunyosida birinchi bo‘lib astronomik kuzatish va tajribalar olib borgan shaxslardan bo‘lgan.

Al-Javhariy quyidagi asarlarning muallifidir: «Zij kitobi», «Evklid kitobiga sharh» («Kitab tafsir kitab Uqlidis»), «Evklidning «Negizlar» asarining birinchi kitobiga u (al-Javhariy) qo‘shgan shakllar» («Kitob al-ashkal allati zadaha fi-l-maqala al-uvla min Ukdidis»). Ibn al-Nadim va Ibn al-Qiftiylarning al-Javhariy haqidagi yuqoridagi ma’lumotlarini XVII asr turk bibliografi Hoji Xalifa asosan o‘zgarishsiz qaytaradi.