Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni

1OCT

Qadim zamonlardan ustozga bo‘lgan chuqur hurmat va e’tirof saqlanib qolgan. Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat – ehtirom va cheksiz minnatdorchilik tuyg‘ulari, shu bilan birga, xech qanday boylik bilan o‘lchab, ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi. Har yili mamlakatimizda 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni keng nishonlanadi. Mazkur bayram o‘qituvchilar va murabbiylar mehnatini sharaflash ayyomidir. Ushbu kunda o‘quv yurtlarida o‘qituvchilar, korxonalarda esa murabbiylar va ustozlar mehnati ulug‘lanadi. Inson yashar ekan, eng avvalo, unga bilim va ma`rifat dunyosi sari yo‘l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo‘lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko‘nglida hamisha minnatdorchilik tuyg‘usi bilan yashaydi.

Darhaqiqat, har bir inson, qayerda ishlamasin, qanday kasb egasi bo‘lmasin, unga bilim va tarbiya berib, mustaqil hayotga yo‘llagan insonni hurmat bilan esga oladi.  Maktab ostonasiga ilk qadam qo‘yganida qo‘liga qalam tutqazib, alifboni o‘rgatgan birinchi ustozining siymosini, ustozining fidokorona mehnatini doimo chuqur entikish bilan eslaydi va qalbida ularga nisbatan hurmat-ehtirom hissini tuyadi.

Olamning gultojisi inson bo‘lsa ular orasida suyuklisi ustoz – muallimdir. Ustozlar haqida so‘z ketganda beixtiyor beg‘ubor bolaligimiz, orzu – intilishlarga to‘la bolalik yillarimiz, ilk bora qo‘limizga qalam tutqazgan birinchi o‘qituvchimiz ko‘z oldimizda gavdalanadi. Ko‘z  nuri va qalb qo‘rini o‘qituvchilikdek mashaqqatli va fidokorona kasbga bag‘ishlagan azizlarimizni samimiy qutlash har birimizning burchimizdir. Bizlarning har bir savolimizga chuqur e’tibor va bosiqlik bilan javob beruvchi, elning nazaridagi birinchi muallim. Sizlarga bugun qo‘limizni ko‘ksimizga qo‘yib tashakkur aytamiz.

Barchangizni qutlug‘ ayyom – O‘qituvchi va Murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz. Farzand va shogirdlaringiz baxti va kamolini ko‘rish doimo sizlarga nasib etsin. Mashaqqatli va sharafli kasbingizda ulkan yutuqlar, xonadoningizga doimiy xotirjamlik va sihat-salomatlik tilab qolamiz. Aziz ustozlar, mo‘tabar murabbiylar!!!