Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Tirik hayvonlarni tashish

Hayvonlarning xavfsizligi va xotirjamligini ta’minlashga e’tibor qaratib.

animals

Hayvonlar 1930-yillardan boshlab havo orqali tashib kelinmoqda. Zamonaviy hayotda tirik hayvonlarni havo orqali tashish eng insonparvar va uzoq masofalarga tashish usuli hisoblanadi.

Qanday yuklar tirik jonivorlar?

Tirik jonivorlar – bular qushlar, sutemizuvchilar, baliqlar, sudralib yuruvchilar, xashoratlar, dengiz jonivorlari, хаmda laboratoriya namunalari kiradi.

Tirik jonivorlarni tashishga qabul qilish.

life_animalsJonivorlar quyidagi xujjatlar bilan tashishga qabul qilinadi.

- Yuk jo’natuvchining va qabul qiluvchining pasport ma’lumotlari.

- Jonivorning tibbiy ma’lumotnomasi (jo’natuvchi mamlakatining veterinariya organi)

- Belgilangan manzilga olib kirishga ruxsatnoma (belgilangan mamlakatning veterinariya organi)

- Veterinar ma’lumotnomasi (jo’natuvchi mamlakatining veterinariya organi)

Hamda, alohida turdagi jonivorlar uchun qo’shimcha hujjatlar talab qilinadi. Jonivorning xalqaro pasporti, mikro chip raqami, vaksinasiya ma’lumotnomasi (original).

Tashish uchun faqat so’nggi belgilangan manzilga yetkazishga qodir bo’lgan sog’lom hayvonlar qabul qilinadi.

Agar jonivor xomilador bo’lsa yoki 48 soat ichida tuqqan bo’lsa, yuk jo’natuvchi tashuvchini bu haqida ogohlantirishi kerak. Xomilador jonivorlar tashishga veterinar ma’lumotnomasisiz qabul qilinmaydi. Veterinar ma’lumotnomasi jonivorning tashish paytida tug’rig’i kelib qolmasligini tasdiqlashi kerak.

Jonivorlarni sog’lom va xavfsiz tashish uchun ularni kerakli harorat ostida, quyosh nurlaridan berk joylarda tashish kerak. Shuning uchun jonivorlarni tashishga qabul qilishdan oldin jo’natuvchi kerakli ma’lumotlarni to’liq ko’rsatadi.

“Uzbekistan Airways” AJ hayvonlarning tabiiy o’limi yoki jarohati natijasida hayvonning o’zi yoki boshqa hayvonlarning holati, xulq-atvori yoki odatlaridan kelib chiqqan holda (tishlash, tepish, kaltaklash, bo’g’ish, tiqish va hokazo), shuningdek, hayvonning nuqsonli o’ralganidan kelib chiqadigan yoki havo orqali tashishda hayvonning atrof-muhit o’zgarishiga bardosh bera olmasligi sababli javobgarlikni o’z bo’yniga olmaydi.

“Uzbekistan Airways” AJ hayvonlarning holati, xulq-atvori yoki fe’li natijasida hayvon bilan birga bo’lgan odamning o’limi yoki jarohati uchun javobgarlikni o’z bo’yniga olmaydi.

Tirik jonivorlarni tashish bilan bog’liq savollar bilan quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Toshkent xalqaro aeroportining veterinariya bo’limi: +998-71 215-64-56

“Uzbekistan Airways” AJ ning yuklarni tashish boshqarmasi: +998-78 140-20-94.

Elektron pochta: cargo@uzairways.com