Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Tez buziladigan yuklarni tashish

Qachonki yukning holati muhim ahamiyatga ega bo’lsa.

cargo

Qanday yuklar tez buziladigan yuklar?

Tez buziladigan yuklar bular ma’lum vaqt ichida atrof muxit (xarorat, namlik, bosim va boshqalar) ta’sirida o’z sifatini yo’qatadigan yuklar, ya’ni ma’lum bir qoidalar asosida ishlov beriladigan yuklar.

Asosiy tez buziladigan yuklarga oziq-ovqatlar, o’simliklar, jo’ja ochiradigan tuxum, dori-darmonlar, go’sht va dengiz mahsulotlari kiradi.

meals_cargoTez buziladigan yuklarni tashishga qabul qilish.

Kechikishni olnini olish va manzilga tez yetkazib berishni ta’minlash uchun, yuk jo’natuvchi tez buziladigan yukni jo’natishdan oldin bron qilib so’ngra jo’natadi.

Suyuqlik ajratib chiqaradigan va o’tkir xid chiqaradigan, tez buziladigan yuklar jo’natishga qabul qilinishidan oldin, ularning qadog’iga alohida e’tibor qaratish lozim. Chunki parvoz paytida harorat, namlik va bosim o’zgarishi sodir bo’ladi, bunda ishonchsiz qadoqlash uning buzilishiga olib keladi.

Uzoq muddatli tashish paytida tez buziladigan yuklarning har xil turlari maxsus harorat rejimini talab qiladi, chunki ushbu turdagi yuklarning xavfsizligi, ayniqsam harorat sharoitlariga bog’liq. Shu sababli tez buziladigan yuklarni tashish paytida, harorat rejimi bo’yicha yozma tavsiyalar berilishi kerak.

Agar yuk jo’natuvchining ko’rsatmasida aviakompaniya tomonidan bajarilishi mumkin bo’lmagan aniq shartlarga rioya qilish zarurligi ko’rsatilgan bo’lsa, bunday yuklar tashishga qabul qilinmaydi.

(Masalan: - 50ºС haroratda saqlang).

markYorlig’i

Tez buziladigan yukning xar bir qadog’i “PERISHABLE/TEZ BUZULUVCHI YUK” yorlig’lari bilan ta’minlanishi kerak.

Yuk jo’natuvchi xar bir jo’natilayotgan tez buziladigan yuklarni qadog’ini o’z ismi, familyasi, adresi va telefon raqamlari ko’rsatilgan yorliqlar bilan ta’minlashi kerak.

Tez buziladigan yuklar ta'sir qiladigan harorat o'zgarishi - bu uchish, yo'nalish yoki oraliq punktlarda ishlov berish paytidagi atrof-muhit harorati, shuningdek parvoz paytida samolyotning yuk bo'linmalaridagi havo harorati.

Ko'pgina samolyotlar yuk bo'linmalaridagi haroratni tartibga solish qobiliyatiga ega va agar kerak bo'lsa, undan foydalanishi kerak. Izolyatsiyalangan va sovutadigan materiallardan foydalanish ham tez buziladigan tovarlarni yaxshi holatda saqlashning samarali vositasidir. Agar tez buziladigan tovarlarni tashish uchun sovutish materiallari sifatida quruq muz ishlatilsa, unda xavfli tovarlarga tegishli hujjatlar, markalash, yorliqlash, yuklash bo'yicha barcha talablar bajarilishi kerak.

Тez buziluvchi yuklarni tashish bilan bo'g'liq savollar bilan quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin.

O'zbekiston Respublikasi xalqaro aeroportlarining tashuvlarni tashkil qilish xizmatlari bu yerni bosing

“Uzbekistan Airways”AJ ning yuklarni tashish boshqarmasi: +998-78 140-20-94.

Elektron pochta: cargo@uzairways.com

Ko’pchilik davlatlar tez buziluvchi yuklarni jo’natishda va qabul qilishda o’z qonun qoidalariga ega. Bu qonun-qoidalarni bajarilishini ta’minlashga yuk jo’natuvchi javobgardir.