Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Havfli yuk

Yuklarni tashish hamda uning javobgarligi

dng_goods

Ayrim buyum va moddalar havo kemalari va ular sahnidagi insonlarga havf tug’dirishi mumkin. Bunday yuklarni havoda tashish cheklangan yoki umuman taqiqlangan.

Havfli yuklar nima bu?

Tashish, yuklash, tushirish yoki saqlash mobaynida portlash, yonish, havo kemalari va ularning asbob- uskunalariga, aeroportdagi binolar, samolyot sahnidagi yuklar, bagaj va pochtalarga zarar yetkazish, shuningdek insonlar va jonivorlarni mayib qilish, zaharlash, kuyish va nurlanishga olib kelishi mumkin bo’lgan modda va buyumlar xavfli yuk hisoblanadi.

Yuk jo’natuvchining majburiyatlari nimalardan iborat?

Mantiqan, yuk jo’natuvchi, jo’natilayotgan buyum va moddalar to’g’risida to’liq ma’lumotga ega bo’ladi, shuning uchun, xalqaro talablarga muvofiq, aynan u yukni to’g’ri identifikatsiyalash, tasniflash, qadoqlash, belgilash, yorliqlash to’g’riligiga va hujjatlarni rasmiylashtirishga javobgardir. Butun jarayon IATA ning

«Dangerous Goods Regulations» va ICAO ning «Havfli yuklarni havoda bexatar tashish bo’yicha texnik yo’riqnomalar», hamda «Uzbekistan Airways» AJ qoidalari bilan tartibga solingan.

infoYuk jo’natish imkoniyati va uni bron qilish

Havfli yukni jo’natishdan avval uni havo kemasida jo’natish imkoniyati borligini aniqlash zarur. Buning uchun, havfli yuk to’g’risidagi to’liq ma’lumot ko’rsatib o’tilgan talabnomani Aviakompaniyaning chet eldagi vakolatxonasiga yoki Yuk tashish boshqarmasiga yuborish kerak.

contactsKontaktlar

Yuklarni tashish boshqarmasi

Tel.: +998-71-140-53-82, +998-71-140-20-94

E-mail: cargo@uzairways.com

Havfli yuk turlari

Yorliq Sinf/toifa/xil Misollar Yorliq Sinf/toifa/xil Misollar
1.1

1 – portlovchi moddalar 1.1, 1.2, 1.3 toifa

Dinamit, detonator, pirotexnik moddalar, o’q dorilar

Odatda bunday yuklarni havoda tashish man etilgan.

12 5 – oksidlovchi moddalar va organik peroksidlar
5.1 toifa
Kislorod generatorlari, vodorod peroksidi (50% eritma)
2

1 – portlovchi moddalar

1.4 toifa

13 5 – oksidlovchi moddalar va organik peroksidlar
5.2 toifa
3

1 – portlovchi moddalar

1.5 toifa

14 6 – toksik va infeksion moddalar
6.1 toifa
Pestitsidlar, bioprobalar, bakteriyalar
4

1 - portlovchi moddalar

1.6 toifa

15

6 – toksik va infeksion moddalar

6.2 toifa
5

2 - Gazlar

Toifa 2.1

Propan, aerozollar

16

7 – radioaktiv moddalar                 I toifa – «oq»

Izotoplar, rentgen uskunalari, diagnostika va davolash uchun radioaktiv moddalar
6

2 - Gazlar

Toifa 2.2

17 7 – radioaktiv moddalar II toifa – «sariq»
7

2 - Gazlar

Toifa 2.3

18

7 – radioaktiv moddalar

III toifa – «sariq»

8 3 - tez o’t oluvchi suyuqliklar Gazolin, aseton 19 8 – korroziv moddalar Oltingugurt kislotasi
9 4 - Tez o’t oluvchi qattiq moddalar Toifa 4.1 Gugurt, oltingugurt 20 9 – boshqa havfli yuklar Quruq muz, batareyalar, magnitlar, avtomobillar
10 4 - Tez o’t oluvchi qattiq moddalar Toifa 4.2 21 Magnitlangan materiallar Tarkibida magnit bo’lgan uskunalar
11 4 - Tez o’t oluvchi qattiq moddalar Toifa 4.3 22 Iona-Litiy batareyalar Tarkibida litiy mavjud bo’lgan uskunalar