We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Abu Abdulloh Rudakiy (860-941)

Share on social media

aajSharqda tanilgan mutafakkir Abu Abdulloh Ja’far Rudakiy 860-yilda Samarqand yaqinidagi Panjrudak qishlog‘ida, dehqon oilasida tug‘ildi. Bu davrda Movarounnahr Eron, Hindiston, Xitoy, Misr va Suriya bilan savdo va madaniy aloqalarni yaxshi yo‘lga qo‘ygan edi. Dastlabki ma’lumotni o‘z qishlog‘ida olgan Rudakiy o‘qish uchun Samarqandga bordi. U yerda chuqur bilim olib, tez orada adabiyot va san’at sohasida ham dong chiqarishga muvaffaq bo‘ldi.

Rudakiyning adabiy merosidan bizgacha 2 qasida, 50 ruboiy, she’rlar, doston va boshqalar yetib kelgan. Ammo XII asr shoiri Rashid Samarqandiyning ta’kidlashicha, bironta shoir Rudakiy singari ko‘p asar yozgan emas. Muhammad Avfiyning xabar berishicha, Rudakiy yuzta to‘plam (daftar) yozgan. Qadimgi manbalarda Rudakiyning "Oftob davroni", "Arois an-nafois" ("Nafis kurtaklar") va "Sinbodnoma" dostonlari bo‘lganligi haqida ma’lumotlar uchraydi. Uning qasidalaridan "Mening onam", "Buxoro vasfi" va "Qarilikdan shikoyat" kabilar bizgacha yetib kelgan. Rudakiyning ijodida X asrning ijtimoiy hayoti o‘z aksini topgan. Uning hamma asarlarida xalqning orzu-umidlari, manfaatlari ifoda qilingan. Faylasufning tabiat go‘zalliklarini ifoda etgan asarlari juda jozibalidir.

Buyuk mutafakkir kishilar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hamkorlik kishilik jamiyati uchun muhim ahamiyatga ega ekanini bir necha bor ta’kidlab o‘tgan:

Jahonning shodligi yig‘ilsa butun,
Do‘stlar diydoridan bo‘lolmas ustun.

Rudakiy hayotni ustoz deb hisoblaydi va undan ta’lim olishga undaydi:

Har kishi olmasa hayotdan ta’lim,
Unga o‘rgatolmas hech bir muallim.

Rudakiy asarlarida inson aqlu zakovatiga ishonch kuchli. Asarlarining tili, badiiy ifoda vositalari sodda va tushunarli qilib yozilgan. Tabiatni, vatanni vasf qilish, axloqiy pandu nasihatlar bilan asarni bezash keyingi mutafakkirlarga Rudakiydan an'ana bo‘lib qoldi.