Strategik menejment boshqarmasi boshlig‘i
Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.
Bo‘linma: Strategik menejment va investitsiya loyihalari departamenti Strategik menejment boshqarmasi.
Stavka: 1,00.
Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.
Talab etilgan ish tajribasi: 10 yildan kam emas.
Bandlik shakli: to‘liq bandlik.
Ish rejimi: to‘liq ish kuni.
Talablari:
• Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi.
• Iqtisodiyot va/yoki moliya va/yoki muhandislik-iqtisod va/yoki boshqaruv yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumot.
• Lavozim vazifalarini bajarishga yetarli darajada o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
• Shaxsiy kompyuterdan bemalol foydalana olish.
• Sohaviy tajribasi – 5 yildan kam emas.
• Rahbarlik lavozimlaridagi tajribasi – 5 yildan kam emas.
• Ingliz tilini bilish sertifikati – ma’qullanadi.
Vazifalari:
• Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, shuningdek:
• “Uzbekistan Airways” AJ strategiyasini ishlab chiqishni amalga oshirish va muvofiqlashtirish;
• “Uzbekistan Airways” AJning tasdiqlangan strategiyasi amalga oshirilishini ta’minlash;
• “Uzbekistan Airways” AJning yillik Biznes-rejasini ishlab chiqish va aviakompaniya Kuzatuv kengashiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etish;
• Kuzatuv kengashida “Uzbekistan Airways” AJ Biznes-rejasini tasdiqlashda ishtirok etish;
• Biznes-rejaning bajarilishini nazorat qilish hamda “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruvi va Kuzatuv kengashi a’zolarini muntazam ravishda xabardor qilib borish;
• “Uzbekistan Airways” AJ tashqi va ichki muhitini tahlil qilish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish.
• “Uzbekistan Airways” AJ uchun qisqa, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan strategiyani ishlab chiqish va takliflar berish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish.
• Tasarrufdagi xodimlarning maxsus bilim darajalarini oshirish.
• Boshqarma faoliyatini muvofiqlashtirish va uning “Uzbekistan Airways” AJ xizmatlari, deaprtamentlari, boshqarmalari, bo‘limlari va tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
• Boshqarma vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, tashqi tashkilotlarning Departament vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha muzokaralari va seminarlarida ishtirok etish.
• “Uzbekistan Airways” AJ tarkibidagi jamiyatlar (tashkilotlar) bilan o‘zaro hamkorlik qilish.
• “Uzbekistan Airways” AJning qonun hujjatlari va ichki hujjatlarida nazarda tutilgan tartib-qoidalarning (buyruqlarning) bajarilishini ta’minlash.
• “Uzbekistan Airways” AJ tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi davlat organlari vakillari, uchinchi shaxslar bilan o‘z vakolatlari doirasida ish yozishmalarini olib borish va boshqa ish munosabatlarini amalga oshirish.
• Va b.
Ish sharoitlari:
• Rasmiy ishga joylashish.
• 5 kunlik ish haftasi, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
• O‘z vaqtida, barqaror ish haqi.
• Sinov muddati: 3 oy.
Asosiy ko‘nikmalar:
• O‘zbek tili – C2 – mukammal daraja
• Rus tili – C2 – mukammal daraja
• Ingliz tili – C1 – ilg‘or daraja
• Xodimlarni boshqarish
• Iqtisodiyot
• Moliya
• Menejment
• Fuqaro aviatsiyasi
• Qimmatli qog‘ozlar
• Ishbilarmonlik aloqalari
• Mas’uliyatlilik
Rezyume ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron manzilga yuborilsin:
Erkin.Alimov@uzairways.com