We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Bosh huquqiy maslahatchi

Share on social media

Работодатель:

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.
Bo‘linma: Yuridik boshqarmaning Huquqiy ekspertiza bo‘limi.
Stavka: 1,00.
Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.
Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.
Bandlik shakli: to‘liq bandlik.
Ish rejimi: to‘liq ish kuni.

Talablari:
•    Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi.
•    Tugallangan oliy yuridik ma’lumot.
•    Huquq sohasidagi ish staji – 3 yildan kam emas.
•    Lavozim vazifalarini bajarishga yetarli darajada o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
•    Shaxsiy kompyuterdan bemalol foydalanish darajasiga ega bo‘lish.
•    O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik, mehnat, ma’muriy, soliq va valyuta qonunchiligi bo‘yicha asosiy bilimlarga ega bo‘lish;
•    Eksport va import operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish;
•    Og‘zaki va yozma nutq (muloqot) malakasiga, muzokaralar olib borish va rasmiy yozishmalar olib borish malakalariga ega bo‘lish;
•    Tartiblilik, mas’uliyatlilik, talabchanlik, mehnatsevarlik;
•    Ingliz tilini bilish sertifikati – ma’qullanadi.

Vazifalari:
•    Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, shuningdek:
•    O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va AJning ichki me’yoriy hujjatlarida belgilangan shartnomalar, kontraktlar va kelishuvlami tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish tartibiga rioya etilishini ta’minlash;
•    Shartnomaviy-huquqiy munosabatlami amalga oshirishda “Uzbekistan Airways” AJ manfaatlarining himoyasini ta’minlashi;
•    Bo‘limga taqdim etilgan shartnomalar, kontraktlar, kelishuvlar va huquqiy hujjatlarni ekspertizadan o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazishi, qonunchilikka muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar tayyorlash va imzolash;
•    Shartnomaviy-huquqiy munosabatlami amalga oshirishda AJ tarkibiy bo‘linmalari va korxonalariga maslahatlar berishi va amaliy yordam ko‘rsatish;
•    Huquqiy masalalarni ko‘rib chiqishda sud va boshqa davlat organlarida belgilangan tartibda AJ manfaatlarini himoya qilish;
•    Xodimlarga amaldagi qonunchilik to‘g‘risida ma’lumot berish, uni qo‘llash amaliyotini tushuntirish;
•    Ekspertizaga yoki davlat organi bilan kelishishga taqdim etilgan qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning huquqiy ekspertizasini o‘tkazish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, qonun texnikasi qoidalariga muvofiqligi, havola normalarini qo‘llash asoslanganligi va maqsadga muvofiqligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlash;
•    Xodimlarga ularning murojaatlariga ko‘ra huquqiy hujjatlarni qidirishda yordam ko‘rsatishi, zarur hollarda ularning qoidalarini tushuntirish;
•    Va b.

Ish sharoitlari:
•    Rasmiy ishga joylashish.
•    5 kunlik ish haftasi, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
•    O‘z vaqtida, barqaror ish haqi.
•    Sinov muddati: 3 oy.

Asosiy ko‘nikmalar:
•    O‘zbek tili – C2 – mukammal daraja 
•    Rus tili – C2 – mukammal daraja
•    Ingliz tili – C1 – ilg‘or daraja
•    Shartnomalar tuzish 
•    Ishbilarmonlik aloqalari 
•    Muzokaralar olib borish 
•    Ishbilarmonlik yozishmalari 


Rezyume ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron manzilga yuborilsin:
Erkin.Alimov@uzairways.com